2-sektor rahbari Jom, Tegirmonboshi, Girdiqo'rg'on va Omondara mahallalarida o'rganish ishlari olib bordi
Bugun Nurobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov sektor hududidagi Jom, Tegirmonboshi, Girdiqo'rg'on va Omondara mahallalarida bo'lib, o'rganish ishlari olib bordi.
Ushbu mahallalar aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etilib, fuqarolar zamonaviy tibbiyot uskunalari va laboratoriya tahlillaridan o'tkazildi hamda salomatligida muammolar aniqlangan fuqarolarning davolanishlari uchun kerakli yo'llanmalar berildi.
Tibbiy-ko'rikdan so'ng sektor rahbari soha mas'ullari va fuqarolar bilan muloqot o'tkazib, aholi salomatligini saqlash yo'lida olib borilayotgan ishlar holati bilan batafsil tanishdi hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan kerakli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Shuningdek, sektor rahbari Jom MFY da yoshlar bilan uchrashuv o'tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi.
Uchrashuvda nuroniylar, mehnat faxriylari, mahalla faollari ham faol ishtirok etdi hamda hudud yoshlari ishtirokida jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularning sifatli ta'lim-tarbiya topishlari yo'lida hamkorlikda qilinadigan ishlar muhokama etilib, kerakli chora-tadbirlar belgilandi.