insurez
04-11-2025 11:47

❓ O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar ish stajiga qanday ega bo‘ladi?

✅ Agar Siz o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsangiz va belgilangan miqdorda ijtimoiy soliqni to‘lab borsangiz, har bir ijtimoiy soliq to‘lagan yil Sizga “ishlangan yil” sifatida mehnat stajiga hisoblanadi. 

💬 Ma’lumot uchun: o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga bir yil uchun ijtimoiy soliq miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining  bir barobari (bugungi kunda 412 ming so‘m).

☝️ Eslatma: mazkur imkoniyat faqat o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun joriy etilgan.

✅ Buni amalga oshirish uchun ikki qadam kifoya.

🔢 Birinchi qadam. My.gov.uz platformasida onlayn shaklda yoki Davlat xizmatlari markazlariga borgan holda ro‘yxatdan o‘tiladi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/491

💬 Ma’lumot uchun: O‘zini o‘zi band qilish uchun 104 turdagi mehnat faoliyatlari ro‘yxatidan o‘ziga tegishli mehnat faoliyati turi tanlanishi kerak (Ushbu mehnat faoliyatlari bilan бу ерда (https://lex.uz/docs/4849607#4850688) tanishing).

🔢 Ikkinchi qadam. Soliq organlarida yoki "Soliq", "Xazna", "Click" mobil ilovalari orqali onlayn ijtimoiy soliq to‘lovi amalga oshiriladi.

☝️ Konunchilikka asosan, 7 yil ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar  pensiya olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

😊 Xulosa qiladigan bo‘lsak, kelajakda pensiya olishingiz uchun bugun "ikki qadam" qo‘yishingiz kifoya.

📞 12-71

Teglar
Insurance Policy