28-10-2025 14:34
Madaniyat karvonining katta Gala-konsert dasturiga marhamat!
Hurmatli Nurobodliklar hamda tumanimiz mehmonlari!
Madaniyat karvonining katta Gala-konsert dasturiga marhamat!
Ertaga, 29-oktabr kuni soat 17:00 da Nurobod tumani "Arab ota" mahallasida joylashgan 56-son umumiy o'rta ta'lim maktabi sport maydonida Gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan sevimli san’atkorlarimiz Vohidjon Isoqov, Dilfuza Rahimova, Sharof Muqimov, Jasur Mavlonov, Azizbek Bekmurodov hamda so'z ustasi Barod Orzumatovlar ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur tadbir sizga unutilmas lahzalar tuhfa etadi.
Barcha tumandoshlarimizni bayramona kayfiyat ulashuvchi madaniyat oqshomiga taklif etamiz!
Bayram dasturi mutlaqo bepul!

