05-11-2025 11:27
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Korrupsiya – jamiyatimiz taraqqiyotiga, yurtimiz farovonligiga va kelajagimizga to‘sqinlik qiladigan og‘ir illatlardan biridir. Uni bartaraf etishda har bir fuqaro va tadbirkorning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
👉Agar Siz Nurobod tumani hokimligi, tumandagi davlat idoralari va tashkilotlari yoki davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar tomonidan qonunbuzarlik, noqonuniy talab yoki turli ko‘rinishdagi maishiy korrupsiya holatlariga guvoh bo‘lsangiz, o'z kelajagingiz uchun befarq bo‘lmang!
O‘z murojaatlaringizni tuman hokimining Telegram messenjeriga yo‘llashingiz mumkin.
Telegram manzili: @MBuronov2511
🔒 Murojaatlaringiz qat'iy sir saqlangan holda ko‘rib chiqiladi va har bir murojaat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishi kafolatlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish – bu avvalo farzandlarimiz kelajagini, jamiyatimiz taraqqiyotini himoya qilishdir.
Keling, birgalikda korrupsiyasiz va adolatli jamiyatni barpo etaylik!

