insurez
25-12-2025 21:48

Aziz Nurobodliklar hamda tumanimiz mehmonlari!

27-dekabr kuni soat 17:00 dan boshlab Nurobod tumani markazida o‘rnatilgan Yangi yil archasi yonida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etiladi.

Bayram dasturida elimiz sevgan san’atkor, xushovoz xonanda Dilshod Rahmonov bayramona kuy va qo'shiqlar siz azizlar uchun kuylaydi. Tadbirda yangraydigan kuy-qo‘shiqlar Yangi yil shukuhi va ko‘tarinki kayfiyatni yanada oshirishi shubhasiz.

Mazkur bayram tadbiri aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, Yangi yil bayramini quvonch va yuqori kayfiyatda kutib olish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Bayram tadbiriga barcha nurobodliklar hamda tumanimiz mehmonlarini taklif etamiz. Barchangizni Yangi yil shukuhi, samimiy va unutilmas lahzalar kutmoqda.

Teglar
Insurance Policy