insurez
10-08-2024 10:17

Sayyor qabulga marhamat!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar diqqatiga!
 

Agarda siz:


Davlat xaridlari va birja savdolarida raqobatni cheklash;


Raqobatni himoya qilish masalalari;


Oziq-ovqat, dori mahsulotlari, maishiy elektr texnikalari, qurilish mahsulotlari hamda avtomobillar savdosi;


Kommunal xizmatlar ko‘rsatish (asossiz qarzdorlik, elektron hisoblagichlardan xfoydalanishdagi muammolar);


Qurilish ishlari va uy-joy sotib olishdagi ziddiyatlar;


Transport va yo‘lovchi tashish xizmatlaridagi tushunmovchiliklar;


Ta’lim, tibbiyot va moliyaviy xizmatlarning sifati bo‘yicha muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining navbatdagi sayyor qabuliga taklif etamiz.

 

Sayyor qabul joriy yilning 12-avgust kuni soat 11:00 da Nurobod tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi.
 

Manzil: Nurobod tumani, Mustaqillik ko'chasi, 4-uy
 

Murojaat uchun: (66) 233-31-33

Teglar
Insurance Policy