Nurobod tumani hokimligida xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining sakson yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi “Samarqand viloyati Nurobod tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-80-127-7-99-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish, Nurobod tumanida yaylovlar infratuzilmasini yaxshilash, ularni boshqarish va degradatsiyaning oldini olish, ta’mirtalab sug‘orish inshootlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi “Xalq deputatlari tuman Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlarini eshitish to‘g‘risida”gi KQ-687-IV-son qarori ijrosini ta’minlash, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha tartibini tasdiqlash, Nurobod tumanidagi 4 ta nomsiz qabristonlarni nomlash to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada xalq vakillari tomonidan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining sohalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.