insurez
16-03-2024 10:51


2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 2171 tani tashkil etmoqda. 2023-yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 295 ta bo‘lib, 2018-yilning mos davri bilan solishtirilganda 164 taga ko‘payganligini ko‘rish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish hajmi 519,2 milliard so‘m bo‘lib, 2022-yilga nisbatan 100,2 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari aholi jon boshiga 3 224,4 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 1 trillion 331 mlrd.so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,4 foizni tashkil qildi. Viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Nurobod tumaning ulushi 2,6 foizni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi 2023-yilda 2 trillion 10,7 milliard so‘mni, o‘sish sur’ati 130,7 foizni, pudrat ishlari hajmi 182,7 milliard so‘mni hamda o‘sish sur’ati 100,1 foizni tashkil etgan.

umanning chakana savdo hajmi 2023-yilda 510,6 milliard so‘mni tashkil etib 2022-yilga nisbatan 5,2 foizga oshgan. Aholi jon boshiga chakana savdo hajmi 3171,2 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda. Jami xizmatlar hajmi tuman bo‘yicha 546,0 milliard so‘m bo‘lib 2022-yilga nisbatan 110,9 foizni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3391,0 ming so‘mni, o‘sish sur’ati 108,7 foizni tashkil etgan.

Tumanning tashqi savdo aylanmasi 2023-yil yakuniga ko‘ra 27,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib 2022-yilga nisbatan 39,9 foizga oshganligini, shuningdek eksport hajmi 3,1 mln. AQSH dollarini, 2022-yilga nisbatan 4.8 m. oshgan hamda import hajmi 24,7 mln. AQSH dollarini, o‘sish sur’ati 128,6 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga eksport hajmi 19,3 AQSH dollariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa import hajmi 153,3 AQSH dollari qiymatiga to‘g‘ri keldi.

Teglar
Insurance Policy