insurez
16-03-2024 10:51


Yurtimizda yosh avlod tarbiyasiga, ularning sifatli va zamonaviy ruhda ta’lim olishlari uchun qator qulaylik va imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Xususan, Nurobod tumanining Amir Temur mahallasida joylashgan 1-sonli maktabidagi o‘quvchilar sonini hisobga olgan holda va darslarning o‘zlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida maktab uchun qo‘shimcha yangi o‘quv binosi qurish ishlari boshlab yuborilgan. 300 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu bino investitsiya dasturi asosida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, xuddi shunday investitsiya mablag‘lari hisobidan tumanning Xalqobod mahallasidagi 4-umumta’lim maktabi uchun yangi 150 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari olib borilmoqda.

Teglar
Insurance Policy