Tuman hokimligining vazifalari va funksiyalari:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100, 101-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi hamda "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 12-sonli qarori talablari asosida tuman hokimligining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Tuman hokimiligi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari amalga oshirilishini, hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi. Hududiy davlat boshqaruvi organlarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat, notijorat tashkilotlar bilan aloqalarini muvofiqlashtiradi, aholini boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
3. Tuman hokimi vakolatlarining amalga oshirilishi tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tuman va shaxar hokimlari, tuman hokimligining doimiy va boshqa komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan ishchi organlarning hamda tuman hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta’minlanadi.
4. Tuman hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar chiqaradi. Tuman hokimining normativ-huquqiy tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Tuman hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi.
5. Tuman hokimi Viloyat hokimi belgilaydigan miqdorda birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosarlarga ega buladi. Hokim o‘rinbosarlari, hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo‘qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o‘rinbosar yoki hokimning topshirig‘iga binoan uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
6. Tuman hokimligining boshqaruv apparati tuman hokimligi yig‘ilishlari, tegishli qarorlari va farmoyishlari loyihalari, tahliliy axborot va boshqa materiallar tayyorlanishini hamda tashkil etilishini ta’minlaydi, tuman hokimining qaror, farmoyishlari bajarilishini muntazam ravishda nazorat qiladi va tekshirib boradi. Tuman hokimligi apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ish tartibi tuman hokimi tomonidan tasdiqdanadigan Nizomlar va vazifalar taqsimoti bilan belgilanadi.
7. Tuman hokimligi boshqaruv apparatida ish yuritish "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-2691-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riknoma"ga muvofiq ishlab chiqilgan va tuman hokimining qarori bilan tasdiqlanadigan "Nurobod tumani hokimligi boshqaruv apparatida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma"ga, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi "Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 123-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
ІІ. Tuman hokimligi ishini tashkil etish
8. Tuman hokimligi o‘z ishini: O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror, farmoyishlari va yig‘ilishlari, boshqa muhim tadbirlardagi nutqdari, shuningdek ko‘rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni amalga oshirishga yo‘naltiradi. Tuman hokimligining ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlaridan, shuningdek va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chikuvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yarim yillik ish rejalarga muvofiq olib boriladi.
9. Tuman hokimligining navbatdagi yarim yillik uchun ish rejasi: Tuman hokimligi majlislarini o‘tkazish rejasini; Tuman hokimligi "Hokim soati" majlislarini o‘tkazish rejasini; tarmoqlarda, iktisodiyot sohalarida va mintaqalarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini tuman hokimi o‘rinbosarlari huzurida ko‘rib chiqish rejasini; Tuman hokimining doimiy, muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari majlislarining kalendar rejasini o‘z ichiga oladi.
10. Tuman hokimligining ish rejalari quyidagi talablardan kelib chiqqan xolda shakllantiriladi: tarmoqlarda, iktisodiyot sohalarida va ijtimoiy sohada, shuningdek tuman hududida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ahvolini tanqidiy va tizimli tahlil qilish; islohotlar jarayonlariga to‘sqinlik kilayotgan kamchiliklar va muammolar sabablarini tizimli tahlil qilish; muammoli masalalar va istiqboldagi vazifalarni hal etish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan va asoslangan takliflar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, viloyat xokimining qarorlari va farmoyishlari hamda tuman hokimining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, muammolar sabablarini tanqidiy va tizimli tahlil qilish; kadrlar bilan ishlash, rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash.
11. Tuman hokimligining ish rejalari tuman hokimining qarori bilan tasdiklanadi.
12. Tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik apparatining tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek ularning rahbarlari va mutaxassislari o‘z ish faoliyatlarini tegishli soha bo‘yicha tuzilgan va tuman hokimi tomonidan belgilangan tartibda tasdiklanadigan yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etadilar.
13. Tuman hokimligi ish rejalarini nazorat qilish tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan amalga oshiriladi va har oyning yakunida tuman hokimligi apparati yig‘ilishi muhokamasiga belgilangan tartibda kiritiladi.