Янгиликлар

Xitoylik investorlar bilan hamkorlik kelishuvlariga erishildi

Nurobod tumanida investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish hamda chorva mollarini yetishtirish, sutni qayta ishlash, yengil avtomashinalar ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va qayta ishlash sohalarida manzilli loyihalarni amalga oshirish maqsadida XXRning Shansi, Sichuan, Xebey va Sinszyan provinsiyalari ishbilarmon vakillari tumanga tashrif buyurdi.

Nurobodda aholi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida hududlarda mahalla kutubxonalari tashkil etilmoqda

Bugun 4-sektor hududidagi Navbahor mahallasiga sektor rahbari, Nurobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Erkinov tomonidan o‘zbek va jahon adabiyotining eng durdona asarlaridan iborat 500 dona kitob mahalla kutubxonasi uchun topshirildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM