Янгиликлар

Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-39-sonli qarori ijrosi, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida 2023-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, mahalliy byudjetning 2023-yil II chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida hamda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 73-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglandi.

4R-52 “Sarikul-Nurobod-Tim” avtomobil yulining 29-39 km qismida asfalt yotqizish hamda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Nurobod tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4R-52 “Sarikul-Nurobod-Tim” avtomobil yulining 29-39 km qismida asfalt yotqizish hamda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 
 

#open_budget_ijrosi

“Tepaqul” mahallasi fuqarolarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ochiq budget” (openbudget.uz) axborot portalida mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfalt qilish bo‘yicha joylashtirgan taklifi g‘olib deb topilib, bugungi kunda 1,2 km ta'mirtalab yo'llar asfalt qilindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM