Kurash – bobomeros ezgu qadriyat

Image_tadbir: 

Ayni paytda Nurobod tumanining Jom qishlog‘ida katta kurash musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nafaqat tuman yoki viloyat, balki butun respublikaning eng kuchli polvonlarini o‘zida jamlagan ushbu musobaqani viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ruziyev, tuman hokimligi, kurash murabbiy va faxriylari hamda minglab muxlislar diqqat bilan tomosha qilib borishmoqda.

Quvonarlisi, respublikamizning  dongdor polvonlari  nafaqat yig‘ilgan kurash ishqibozlariga zavq ulashmoqda, balki kurashda ishtirok etayotgan yosh va umidli sportchilarimizga o‘zlarining mohirona harakatlari va turfa yangi usullari bilan tajriba maktabi bo‘lishyapti.

Unutilmas va betakror lahzalar tuhfa etayotgan bahslar yakunida g‘oliblar tuman hokimligi va homiylarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM