Ucell kompaniyasi xodimlari o'z abonentlari bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda

Samarali suhbat − abonentlar va uyali aloqa operatori o'rtasidagi o'zaro ishonchning kalitidir. Yuzma-yuz uchrashuvlar muammolarni chuqurroq o'rganish, mijozni nima bezovta qilayotganini aniqlash va kamchiliklarni joylarda hal qilish imkonini beradi. Shu sababli Kompaniyaning top-menejerlari abonentlar bilan faol hamkorlikga intilishadi.
Joriy yilning 28 noyabr kuni Samarqand viloyati Nurobod tumani Nurbuloq MFYdagi ucell mijozlari bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ucell -Samarqand kompaniyasining viloyat filiali mutaxassislari rahbari Kamol Muhamadiev boshchiligida mazkur mahalla fuqarolari bilan uchrashuvlar o'tkazdilar. Fuqarolar Ucell vakillaridan aloqaning sifati va Internetning tezligini yaxshilash bo'yicha amaliy ishlar amalga oshirishi zarurligini so'ragan. Samimiy uchrashuvlar davomida mutaxassislar hududiy muhandis bilan birgalikda muammoni o'rganib chiqib, abonentlarga yil oxiriga qadar texnik jihozlarni modernizatsiyasi rejalashtirilganligi haqida xabar berdi. Internetning hozirgi holatini yaxshilash bo'yicha kelgusida yanada yuqori natijalarga erishish uchun yangi baza stantsiyasi o'rnatilishi rejalashtirilganligi ma'lum qilindi.

Abonentlar bilan odatiy muloqot ko'rinishini o'zgartirgan holda, Ucell kompaniyasi mamlakatdagi raqamli texnologiyalar yetakchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi.                                                                    

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM