
16-19 – noyabr kunlari Poytaxtimizdagi “Alpomish” sport majmuasida dzyudo bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etilib, vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Yoshlar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida Nurobod tumani Xalqobod mahallasida yashovchi o‘smir Samanov Alisher Yaxshinorovich ham ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalni qo‘lga kiritdi.
A.Samanovning ushbu ulkan yutug‘i bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ishlariga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.