
Har yili mamlakatimizda 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi.
Bugun Nurobod tumanining Oqsoy qishlog‘ida tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamkorligida Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari F.Nazarov, tuman hokimligi, Markaziy harbiy okrug mas’ullari, fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yurish marafoni, sport musobaqalari, kitob yarmarkasi, ijodkorlar uchrashuvi tashkil etilib, 20x8 o‘lchamdagi bayroqni harbiylar, ichki ishlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ko‘targan holda harakatlanishdi.
Tadbir madaniy chiqishlar bilan davom etdi.