16-sentabr - “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Bugun erta tongdan Nurobod tumani markazida 16-sentabr - “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, “Marjonabegim” MCHJ xodimlari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida “Yurtimiz tozaligiga barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tumanimizni chiqindilardan tozalash, yanada obod va ko‘rkam qilish bo‘yicha mas’ullarga yo‘nalishlar belgilab berilib, faol va tashabbuskor soha xodimlari tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir qatnashchilari chiqindilarni tozalash, daraxtlarni oqlash, bezak berish, hududlarni obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlariga kirishdilar.

Hurmatli tumandoshlar! 
Tumanimiz hududida obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Siz ham “Butunjahon tozalik kuni” tadbirlarida faol qatnashing!

2015-2023 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM