Nurobod tumanida “Xavfsiz tun” tadbirlari o‘tkazilmoqda

Nurobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun tadbir avvalida xizmat oldi yo‘riqnomasi tashkil etilib, tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman IIB boshlig'i Z.Suvonqulov ishtirok etdi.

Xizmat xodimlariga fuqarolar osoyishtaligini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida zarur ko‘rsatma va topshriqlar berildi.

Shundan so‘ng, profilaktika nozirlari, yo‘l-patrul xizmati, milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda hamkor tashkilot vakillari xizmat vazifalariga kirishdi.
 

2015-2023 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM