1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” Nurobod tumanida ham keng nishonlanmoqda

Ayni paytda Nurobod tumani markazida 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Unda tumanimiz bolajonlari, ota-onalar, nuroniylar, tumanimiz faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishmoqda.

Tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirok etib, barcha bolajonlarni bugungi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tabrikladi.

Bayram dasturida turli ko‘rgazmalar, quvnoq o‘yinlar, teatrlashtirilgan qiziqarli konsert-tomoshalari va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar namoyish etilmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM