“Navro‘z” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov ishtirokida sektor hududidagi “Navro‘z” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bugungi kunda toifaga kiritilgan yoshlarni hamda ularning ota-onalarini muammolari va takliflari tinglanib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tuman rahbari tomonidan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishida mas’uliyat bilan yondashish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashda mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM