O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 2 iyun kuni amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahrida (Qirg‘iz Respublikasi) bo‘ladi.Tadbirda mintaqamiz davlatlarining rahbarlari va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.Kun tartibidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.«GSP+» tizimidan foydalangan holda o‘zaro savdoni ko‘paytirish, investitsiya va innovatsiya loyihalari uchun qulay sharoit yaratish va ularni ilgari surishga ko‘maklashish, “yashil” energetikani joriy etish, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, raqamli o‘zaro bog‘liqlik, ekologiya, turizm, madaniyat va boshqa yo‘nalishlardagi sheriklikning dolzarb jihatlari diqqat markazida bo‘ladi.Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.Qayd etish joizki, bunday formatdagi birinchi mintaqaviy uchrashuv 2022 yil 27 oktyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM