Nurobod tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan mehr-muruvvat, saxovat tadbirlari davom etmoqda

Bugun Nurobod tumanining Amir Temur, Qilichli, Boshquduq va Lolazor mahallalari aholisi uchun yozilgan iftorlik dasturxonlarida ehtiyojmand, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar vakillari, ro‘zadorlar ishtirok etishdi.

Fayzli iftorlik dasturxoni atrofida kechgan suhbat jarayonida tumanda hududlarni obodonlashtirish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilib, muborak Ramazon oyining fazilatlari, odamlarning bir-biriga mehr-oqibati mustahkamlanib borayotganligi ta’kidlandi.

Bu kabi xayriya tadbirlari, iftorlik marosimlari tumanimizdagi barcha mahallalarda davom etmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM