Nurobod tumanining Tim qishlog‘ida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Tibbiy ko‘rikdan asosiy ko‘zlangan maqsad aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarni erta aniqlash, turli xavf omillarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat.

Viloyat davolash profilaktik muassasalarining malakali shifokorlari tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Bemorlarga zamonaviy UZI va EKG tekshiruvlari, laboratoriya tahlillardan o‘tkazish uchun ixtisoslashgan tez tibbiy yordam mashinalari jalb qilinib, 800 nafarga yaqin fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tumanimiz hududida tibbiy ko'riklar davom etib, bugun tumanning Chorvador mahallasida fuqarolar tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda. 
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM