Timda zamonaviy oilaviy poliklinika quriladi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq, chekka hududlar aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va shifokorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyati markazidan 130 kilometr olisda joylashgan Nurobod tumanining Tim qishlog‘ida bo‘ldi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish asnosida, qariyb 10 ming aholiga ega ushbu olis manzilda shu yilning o‘zida ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy oilaviy poliklinika qurilib, foydalanishga topshiriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, hududda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik o'tkazilishi belgilandi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM