O‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani hokimligida tumandagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminari davra suhbati shaklida tashkil etilib, “Yangi Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi — xalqdir” mavzusida Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida tuman adliya bo‘limi rahbari N.Safarovning ma’lumotlari tinglandi.

Seminar davomida xotin-qizlar faollari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM