Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki koʻrib chiqildi

Italiyaning Rim shahrida oʻtkazilayotgan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev qator xorijiy taʼlim tashkilotlari yetakchilari va ekspertlari bilan muloqot olib bormoqda.Asosiy uchrashuvlardan biri bugun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Taʼlim siyosati boʻyicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Andreas Shlyaxer ishtirokida boʻlib oʻtdi.Usmon Sharifxodjayev PISA dasturi rahbari bilan oʻtkazilgan suhbatda taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlik ishlari hamda yurtimiz oʻquvchilarining kelgusi yillarda mazkur xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki etishi, natijalarni muhokama qilish va bunda uzluksizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha fikr almashdi.Uchrashuvda Oʻzbekistonning mazkur xalqaro dasturning 2025-yildagi tadqiqotida ishtiroki, oʻquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash, erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini baholash boʻyicha “Baby PISA” tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatlarini koʻrib chiqildi.Muhokamalar natijasiga koʻra, oʻzbekistonlik oʻquvchilarning 2025-yilda PISA tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi, nufuzli PISA, TALIS kabi nufuzli dasturlar boshqaruv kengashining xalqaro darajadagi tadbirlarini kelgusida Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha muhim fikrlar bildirib oʻtildi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM