22-MART - “MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI”

Mamlakatimizda nishonlanayotgan ushbu bayram yasharish va yangilanish, mehr-oqibat ayyomi - Navro‘z tantanalari davom etayotgan mana shunday shukuhli kunda o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy maʼno bor.

Bugun Nurobod tumanida ham 22-mart “Mahalla tizimi xodimlari kuni” bayram tadbiri keng nishonlandi.

Kasb bayrami tantanalari nishonlanadigan bazmgohda tuman hokimi S.Berdiqulov va sektor rahbarlari ishtirok etib, tizim xodimlarini bayram munosabati bilan tabriklab, tizim xodimlari va faollariga tuman hokimligi hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Tadbir mahalla xodimlari tomonidan tayyorlangan tabrik so‘zlari va badiiy chiqishlari bilan davom etdi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM