22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni

Ushbu sanada dunyoning ko‘plab mamlakatlari hamda shaharlarida piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi turli aksiyalar, tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 1995-yildan beri bu sana “World Car Free Days (https://en.wikipedia.org/wiki/Car-Free_Days)” konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/5134941) bilan 2021-yildan boshlab respublikamizda ham 22-sentabr “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilingan.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM