Nurobodda Kundalik.com elektron kundalik tizimini samarali joriy etishga bag‘ishlangan o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Nurobodda Kundalik.com elektron kundalik tizimini samarali joriy etishga bag‘ishlangan o'quv-seminari bo'lib o'tdi. Mamlakatimizdagi barcha sohalarda shuningdek, ta’lim sohasida ham zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, umumta'lim muassasalarida ham ortiqcha qog'ozbozlikdan voz kеchib, pеdagog xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Bugun xalq ta'limi vazirligining ta'lim jarayonlarini raqamlashtirish bo'yicha maslahatchisi R.Komilov, Kundalik.com MCHJ metodisti F.Bekinova va viloyat xalq ta'limi boshqarmasining ma'sullari, tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri, bo'lim xodimlari, maktab direktorlari va direktor o'rinbosarlari ishtirokida ""Elektron kundalik" avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish, tizimning qulayliklari va afzalliklari" mavzusida o'quv-seminar tashkil etildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM