Nurobodda "nazm va navo" kechasi o'tkaziladi

Yoshlar dasturi doirasida Nurobod tumanida adabiyot va she'riyatga qiziquvchi yoshlar o'rtasida “NAZM VA NAVO” kechasi o'tkazildi. 

Mazkur tadbirda yoshlar o'zlarini yod olgan g'azallari, ruboyilari va boshqa sheʼrlari bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari ijodkor yoshlarimiz o'zlari yozgan she'rlaridan mutoalaa qilishib, ishtirokchilar o'rtasida bahri bayt o'tkazildi. 

G'oliblar tuman hokimligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM