Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmatining munosabati

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati “Zarnews.uz” telegramm ijtimoiy tarmogʻida berilgan “Nurobod tumani statistika boʻlimida haliyam rus tilida ish yuritiladimi?” maqolasiga javoban shuni yozib maʼlum qiladi.
Maqolada keltirilgan maʼlumotlar tuman hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, Nurobod tumani statistika boʻlimining ish yurituv hujjatlari toʻliq oʻrganib chiqildi.
Oʻrganishlar davomida Nurobod tumani statistika boʻlimi tomonidan bugungi kunda tayyorlanayotgan barcha tahliliy maʼlumotlar, axborotnomalar toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlanayotganligi maʼlum boʻldi.
Pandemiya sharoiti, ish hajmininng kattaligi sababli maqolada koʻrsatilgan jadvallar, boʻlimning ichki oʻzlari ishlashi uchun tayyorlangan jadval boʻlib, kelgusida ushbu jadvallar ham toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtkaziladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi 61-son qaroriga muvofiq, tuman statistika boʻlimida peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va eʼlonlar, ish qogʻozlari, tahliliy maʼlumotlar, xatlar, buyruqlar, qarorlar, axborotnomalar va boshqa turdagi barcha hujjatlar toʻliq Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yuritilmoqda va nazoratga olinganligini maʼlum qilamiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM