“Yangi ovozlar” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi

Joriy yilning 27-fevral kuni Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 18-bandi ijrosini ta’minlash, yoshlarni manaviy dunyo qarashini shakllantirish, ularni musiqa va san’atga keng jalb qilish maqsadida “Yangi ovozlar” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi. Mazkur ko’rik-tanlovda ishtirokchilar Nizom asosida 2 ta yosh toifasida 3 ta yo’nalish bo’yicha qobilyatlarini sinovdan o’tkazishdi. Ko’rik-tanlovda faol ishtirok etib g’olib bo’lganlar viloyat bosqichiga yo’llanmalarni qo’lga kiritishdi. G’oliblar tuman hokimligining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM