Nodavlat va notijorat tashkilotlarining rahbarlari hamda hisobchilari diqqatiga!

         Jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar,fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan (Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to’g’risida 2020 yil uchun hisobot) 1-NNT shakli (yillik) Davlat statistika hisobotini 2021 yilning 2-martidan kechiktirmasdan internet tarmog‘idagi www.stat.uz yoki www.samstat.uz veb-saytlariga joylashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimi eStat 3.0 dasturi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron ko‘rinishda xato va kamchiliklarsiz taqdim qilish lozimligini eslatib o‘tamiz.

         Shuningdek, mansabdor shaxslarning Davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Nurobod tuman statistika bo‘limi

Murojaat uchun telefonlar:

(66) 633-12-68

 

 

 

 

2015-2021 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM